AsosiyDunyo

Filippindagi to`fon qurbonlari soni 400 nafarga etdi

'Filippindagi to`fon qurbonlari soni 400 nafarga etdi'ning rasmi

Filippin sohillariga yopirilgan "Ray" to`foni oqibatida halok bo`lganlar soni qariyb 400 kishi etdi. Bu haqda NewsAgency xabar berdi. 

Qayd etilishicha, to`fon oqibatida halok bo`lganlar soni 398 kishiga etdi. 1146 kishi jabrlangan, 64 kishi bedarak yo`qolgan. Bundan tashqari, 4,2 million kishi o`z uyini tashlab ketishga majbur bo`ldi.

Filippin hukumati jabrlanganlarga yordam berish uchun 1100 dan ortiq evakuasiya markazlarini tashkil qilgan. To`fon taxminan 167 ming uyni butunlay vayron qilgan. 

Shuningdek, mamlakat qishloq xo`jaligi 16,7 milliard peso (332,8 million dollar) atrofida zarat ko`rgani aytilmoqda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar