Ukraina yoshlar va sport vaziri Vadim Gutsayt ma`lum qilishicha mamlakat qishki Olimpiya o`yinlariga mezbonlik qilishni rejalashtirmoqda.
Davlat rasmiysining so`zlariga ko`ra, hukumatning keyin to`qqiz yillik rejasidan yoshlar va kattalar o`rtasidagi Olimpiya o`yinlariga mezbonlik masalasi ham joy olgan. Ukraina hukumati mazkur musobaqalarga mezbonlik qilish ortidan mamlakat imijini ko`tarishni maqsad qilgan. Qolaversa, bu orqali mamlakatga yirik investorlarni jalb qilgan holda infratuzilmani rivojlantirishni rejalashtirgan.
Ma`lumot uchun, 2022 yilgi Qishki Olimpiya o`yinlari Pekin, 2026 yil esa Milan shahrida bo`lib o`tadi.






