Kanada Sog`liqni saqlash vazirligi xabariga ko`ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlarning soni kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan, so`nggi bir sutka ichida antirekord qayd etilib, 21000 nafar inson kasallangan. Bu haqda TASS xabar berdi.
Aytish kerak, mamlakatda koronavirusning “omikron” shtamp tez tarqalmoqda. Bugungi kunda Kanada kasallanganlarning umumiy soni 168 ming nafarni tashkil etmoqda. Shu sababli hukumat karantin cheklovlarini sezilarli darajada kuchaytirmoqda. Xususan, restoran, sport zallari, madaniyat va ko`ngilochar muassasalardagi faoliyati cheklanmoqda. Aksar kompaniyalarning xodimlari masofadan ishlashga o`tdi. Hukumat ishini yo`qotgan qatlamga moliyaviy yordam bo`yicha ish olib bormoqda.