“Marsel” jamoasi posboni Stiv Mandanda 2015/16 yilgi mavsumda Fransiya chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb tan olindi.
Mandanda ushbu nomga da`vogarlar Vensan Enyama ("Lill"), Antoni Lopesh ("Lion") va Kevin Trappga ("PSJ") hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Ushbu mavsumda 31 yoshli darvozabon Fransiya chempionatining 36 o`yinida maydonga tushib, 40 ta gol o`tkazib yuborgan, 9 o`yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.





