Fransiyaning "L'Equipe" nashri o`z talqini bo`yicha 2021 yilning eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan ramziy jamoani e`lon qildi.
E`tiborlisi shundaki, yakuniy ro`yxatdan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu joy olgani yo`q.
Quyida to`liq tarkib bilan tanishishingiz mumkin.
Darvozabon: Eduard Mendi (“Chelsi”).
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”), Ruben Diash (“Manchester Siti”), Markinyos (“PSJ”), Teo Ernandes (“Milan”).
Yarim himoyachilar: N`Golo Kante, Jorjinyo (ikkalasi ham "Chelsi"), Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti"), Muhammad Saloh ("Liverpul").
Hujumchilar: Karim Benzema (“Real”), Robert Levandovski (“Bavariya”)