“Barselona”ning argentinalik himoyachisi Xaver Maskerano klub hujumchisi Neymarni xudbinlikda aybladi. Bu haqda Catalunya Radio xabar bermoqda.
“Xudbin bo`lishni bas qil va “Barselona” haqida o`yla”, – dedi Maskerano.
Avvalroq xuddi shunga o`xshash fikrni Ispaniya termasi sobiq ustozi Xaver Klemente ham aytib o`tgan.
Eslatib o`tamiz, Neymar 2013 yilda “Santos” jamoasidan “Barselona”ga kelib qo`shilgandi.





