Eronda bir necha kundan buyon kuchli yomg`irlar oqibatida suv toshqinlari yuzaga keldi. Bu haqda The Watchers xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, tabiiy ofat sakkiz kishining umriga zomin bo`lgan, yana ikki kishi bedarak yo`qolgani aytilmoqda.
Mamlakat milliy qutqaruv xizmati vakili Mujtabo Xolidiy so`zlariga ko`ra, zarar ko`rgan hududlarda qutqaruv ishlari boshlangan. Qishloq xo`jaligi jiddiy zarar ko`rgani aytilmoqda. Bundan tashqari, suv toshqinlari tufayli uch mingdan ortiq insonga yordam ko`rsatilgan.