Angliyaning "Everton" jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines o`z lavozimidan ozod etdi, deb xabar beradi Sky Sports.
"Everton" Angliya chempionati so`nggi 10 uchrashuvida atigi bitta g`alaba qozongani uchun rahbariyat ispaniyalik mutaxassisni bo`shatishga qaror qildi. 37-turdan so`ng liverpulliklar 44 ochko bilan turnir jadvalining 12-pog`onasida bormoqda.
Mavsum boshida esa Martines oldiga jamoani evrokuboklarga olib chiqish vazifasi qo`yilgan edi. Uning o`rnini "Ayaks" sobiq ustozi Frank de Bur yoki chililik mutaxassis Manuel Pellegrini egallashi kutilmoqda.





