AsosiyMadaniyat

Mashhur «Karib dengizi qaroqchilari» filmining ssenariy muallifi Jey Volpert vafot etdi

'Mashhur «Karib dengizi qaroqchilari» filmining ssenariy muallifi Jey Volpert vafot etdi'ning rasmi

Amerikalik ssenariynavis va prodyuser Jey Volpert Los-Anjelesda 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Deadline internet nashrida ma`lum qilingan, deya xabar qilmoqda O`zbekiston Kinematografiya agentligi Matbuot xizmati. 

Qayd etilishicha, ssenarist Altsgeymer kasalligidan vafot etgan.  

Jey Volpert 1942 yilda Nyu-Yorkda tug`ilgan. Uning eng mashhur asari «Karib dengizi qaroqchilari» franshizasidir. Shuningdek, u Kevin Reynolds tomonidan suratga olingan, aktyorlar Jeyms Kavizel va Gay Pirs bosh rollarni ijro etgan «Graf Monte-Kristo» filmi ssenariysining muallifi hamdir.

    Boshqa yangiliklar