AsosiyJamiyat

Chilonzor tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz bosimi vaqtincha pasayadi. Chunki...

'Chilonzor tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz bosimi vaqtincha pasayadi. Chunki...'ning rasmi

 “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmatining xabar berishicha, Yakkasaroy tumani, Bahodir ko`chasida joylashgan o`rta bosim D - 219 mm er usti gaz quvurini harakatdagi D - 426 mm gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022 - yil 7 - yanvar kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha Chilonzor tumani, “Olmazor” mavzesida aholi xonadonlarida tabiiy gaz bosimi pasayadi.  

Xabarda aytilishicha, ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz bosimi qayta tiklanadi.

    Boshqa yangiliklar