AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar soni keskin ortdi

'O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar soni keskin ortdi'ning rasmi

Kecha yurtimizda 250 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 9 kundan so`ng ilk o`lim holati qayd etildi. 

2022 yil 6 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199758 (+251) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 9 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 36 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 5 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 47 nafari Toshkent viloyatida,
  • 120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Kecha kun davomida:

  •  Andijon viloyatida 11 nafar,
  •  Buxoro viloyatida 4 nafar,
  •  Jizzax viloyatida 5 nafar,
  •  Navoiy viloyatida 2 nafar,
  •  Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  •  Farg`ona viloyatida 1 nafar,
  •  Xorazm viloyatida 11 nafar,  
  • Toshkent viloyatida 13 nafar,
  • Toshkent shahrida 44 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 196851 (+93) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

 

️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1488 nafarni tashkil qildi.

    Boshqa yangiliklar