AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya O`zbekiston fuqarolari uchun koronavirus bilan bog`liq cheklovlarni bekor qiladi

'Buyuk Britaniya O`zbekiston fuqarolari uchun koronavirus bilan bog`liq cheklovlarni bekor qiladi'ning rasmi

O`zbekistonning London shahridagi Elchixonasi ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 10 yanvaridan boshlab Buyuk Britaniya O`zbekistonda berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to`g`risidagi  sertifikatlarini rasman tan oladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Bunda agar hujjat egasi quyidagi vaksinalardan biri bilan mamlakatga kelishidan kamida 14 kun oldin emlashning to`liq kursini tugatgan bo`lsa, emlash sertifikati haqiqiy deb tan olinadi: Covaxin, Moderna, Janssen (bitta doza), Novavax (Nuvaxovid i Covovax), Oxford/AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Sinopharm Beijing, Sinovac-CoronaVac.  

Sertifikatning tan olinishi emlangan O`zbekiston fuqarolariga Buyuk Britaniyaga koronavirusga PZR testini taqdim etmasdan kirish imkonini beradi va ularni 10 kunlik karantindan o`tish majburiyatidan ozod qiladi. PZR testi o`rniga, kelgandan keyingi ikkinchi kuni faqat IFA testidan (lateral flow test) o`tish lozim.

    Boshqa yangiliklar