AsosiyDunyo

AQShda o`smirlarda Pfizer vaksinasining buster dozasini qo`llash ma`qullandi⠀

'AQShda o`smirlarda Pfizer vaksinasining buster dozasini qo`llash ma`qullandi⠀'ning rasmi

AQShning kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish Federal Markazi tomonidan 12 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan o`smirlarda koronavirusga qarshi Pfizer va BioNTech kompaniyalarining buster vaksinalarini qo`llash tavsiya etildi. 

Ma`lum qilinishicha, avval tavsiya faqat 16-17 yoshdagi o`smirlarga tegishli edi.

«CDC 12 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan o`smirlarga Pfizer/BioNTech vaksinalarining to`liq kursini olgandan besh oy o`tgach qayta emlanish o`tishni tavsiya etmoqda».

CDC ma`lumotlari shuni ko`rsatmoqdaki, COVID-19'ga qarshi busterlar yangi «Omikron» shtammi va SARS-CoV-2'ning boshqa variantlariga qarshi himoyani kuchaytiradi.⠀

Markazlar o`smirlarga 25 milliondan ortiq doza yuborganlaridan keyin shunday xulosaga kelishdi.

    Boshqa yangiliklar