AsosiyDunyo

"Harakatlar jangarilar to`liq yo`q qilinmaguncha davom ettirilishi kerak!" Qosim-Jomart Toqaev aksilterror operasiyasining borishi bo`yicha farmoyishlar chiqardi

'"Harakatlar jangarilar to`liq yo`q qilinmaguncha davom ettirilishi kerak!" Qosim-Jomart Toqaev aksilterror operasiyasining borishi bo`yicha farmoyishlar chiqardi'ning rasmi

Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqaev raisligida terrorizmga qarshi kurash bo`yicha shtab yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Qozog`iston Respublikasi prezidenti rasmiy saytida xabar berildi. 

Ma`lum qilinishicha, ertalab soat 7:00 da Oqorda qarorgohida davlat rahbari Prezident Administrasiyasi rahbariyati, Xavfsizlik kengashi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirokida yig`ilish o`tkazdi.

Yig`ilishda mamlakatdagi tezkor vaziyat, aksilterror operasiyasining borishi, hududlardagi vaziyat muhokama qilindi.

- Antiterror operasiyasi boshlandi. Huquqni muhofaza qilish organlari qizg`in ishlamoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida asosan konstitusiyaviy tuzum tiklandi. Mahalliy hokimiyat idoralari vaziyatni nazorat qilmoqda. Ammo terrorchilar qurol ishlatishda va fuqarolarning mulkiga zarar etkazishda davom etmoqda. Shu bois aksilterror harakatlar jangarilar to`liq yo`q qilinmaguncha davom ettirilishi kerak”, — dedi Qosim-Jomart Tokaev.

Xavfsizlik idoralari rahbarlarining xabar berishicha, KXShT birlashgan tinchlikparvar kontingenti bo`linmalari tartibni tiklashga yordam berish uchun Qozog`istonga kela boshlagan. Ushbu kontingent cheklangan vaqtga asosan strategik ob`ektlarni qoplash va himoya qilishni ta`minlash funksiyalarini bajarish uchun kelgan.

Yig`ilishda ichki ishlar va mudofaa vazirlari vazifasini bajaruvchi, shuningdek, Milliy xavfsizlik qo`mitasi raisi hisobot berdi.

Qozog`iston prezidenti mamlakatdagi vaziyatni yanada barqarorlashtirish bo`yicha qator farmoyishlar chiqardi.

    Boshqa yangiliklar