AsosiyDunyo

Rossiyadagi YTHda ikki o`zbekistonlik halok bo`ldi

'Rossiyadagi YTHda ikki o`zbekistonlik halok bo`ldi'ning rasmi

Rossiyaning Leningrad viloyatida tez yordam mashinasi ishtirokida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida ikki o`zbekistonlik erkak halok bo`ldi. Bu haqda «78.ru» xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, hodisa soat 19:23 atrofida. «Daewoo Nexia» avtomobili qarama-qarshi yo`lga chiqib ketib, «Ford Transit» tez tibbiy yordam mashinasiga borib urilgan. Oqibatda avtomashinaning 31 yoshli yo`lovchisi voqea joyida, 27 yoshli yigit esa shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Qurbonlarning har ikkisi ham O`zbekiston fuqarosi ekani qayd etilgan. Shuningdek, 45 yoshli tez tibbiy yordam mashinasidagi feldsher o`rtacha og`irlikda kasalxonaga yotqizilgan.

Ta`kidlanishicha, «Daewoo Nexia» rusumli avtomashinani 27 yoshli O`zbekiston fuqarosi boshqargan. U qo`lga olinib, izolyatorga joylashtirilgan, unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan. Ayblanuvchi 2021 yilda yo`l harakati qoidalarini buzgani uchun ikki marta ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

Tosno shahar prokuraturasi Ushaki qishlog`ida ikki kishining o`limi bilan bog`liq jinoyat ishini tergov qilishni nazoratga olgan.

    Boshqa yangiliklar