Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jomart To`qaev joriy yilning 10 yanvarini Respublikada umummilliy motam kuni deb e`lon qildi. Bu haqda To`qaevning Matbuot kotibi Berik Uali ma`lum qildi.
“Mamlakatning bir qator viloyatlarida sodir bo`lgan fojiali voqealar natijasida ko`plab insonlar qurbon bo`lgani munosabati bilan Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jomart To`qaev 2022 yil 10 yanvarni umummilliy motam kuni deb e`lon qilish to`g`risida qaror qabul qildi. Tegishli farmon bugun e`lon qilinadi”, deb yozgan Facebook’dagi sahifasida.