AsosiySport

La Liga. "Barselona" so`nggi daqiqalarda gol o`tkazib yuborib, g`alabani qo`ldan chiqardi

'La Liga. "Barselona" so`nggi daqiqalarda gol o`tkazib yuborib, g`alabani qo`ldan chiqardi'ning rasmi

Ispaniya chempionatida 20-turdan o`rin olgan "Granada" - "Barselona" uchrashuvi yakunlandi. 

Uchrashuvning dastlabki bo`limida hisob ochilgani yo`q. Tanaffusdan so`ng Lyuk De Yong "Barselona"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq bu gol kataloniyaliklarning g`alabasiga etarli bo`lgani yo`q. O`yinning oxirgi daqiqasida "Granada" muvozanatni tikladi. 

Shu tariqa, uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Mazkur durang natijadan keyin "Barselona" o`z ochkolari sonini 32 ochko bilan 6-o`rinda qoldi.

La Liga, 20-tur

Granada — Barselona 1:1
Gollar: Puertas (89) — Lyuk de Yong (57). 

Boshqa yangiliklar