AsosiyJamiyat

“Afrosiyob” harakat jadvaliga o`zgartirish kiritildi

'“Afrosiyob” harakat jadvaliga o`zgartirish kiritildi'ning rasmi

Yo`lovchilarga yanada ko`proq qulaylik hamda ichki turizmni rivojlantirishda qo`shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ 2022 yil 9 yanvardan boshlab, har haftaning yakshanba kunlari “Samarqand-Toshkent-Samarqand” yo`nalishida 767/768 sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarining qatnovini yo`lga qo`ydi. Bugun ushbu poezdning birinchi reysi amalga oshirildi. Bu haqda                   "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ xabar berdi.

Harakat jadvaliga ko`ra, 767- sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi yakshanba kunlari soat 10:50 da “Samarqand-Toshkent” yo`nalishida, 768-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa shu kuni soat 13:40 da “Toshkent-Samarqand” yo`nalishida qatnovini amalga oshiradi.

Shu bois amaldagi “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarining harakat jadvaliga o`zgartirish kiritildi.

Unga ko`ra bugungi kunda soat 08.30 da “Toshkent - Samarqand” yo`nalishida harkatini amalga oshirayotgan 764 -sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi 2022 yil 9 yanvardan boshlab, soat 07:00 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan;

har kuni soat 17:06 da “Samarqand-Toshkent” yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 763-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa, ushbu sanadan boshlab soat 16:40 da Samarqand temir yo`l vokzalidan;

bugungi kunda soat 09:02 da “Toshkent-Buxoro” yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi 2022 yil 9 yanvardan boshlab, soat 08:30 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan;

hozirgi kunda soat 15:02 da Buxoro-Toshkent yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa, soat 15:27 da Buxoro temir yo`l vokzalidan;

shuningdek, soat 15:50 da “Buxoro-Toshkent” yo`nalishida harakatini boshlaydigan 761-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi mazkur sanadan boshlab, soat 15:52 da Buxoro temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshirishni boshladi.

Bugungi kunda soat 04:55 da “Buxoro-Toshkent” yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 765-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa, 9 - yanvardan boshlab, soat 04:31 da Buxoro temir yo`l vokzalidan harakatini boshladi.

"Amaldagi boshqa “Afrosiyob” zamonaviy poezdlari o`z harakat jadvali bo`yicha harakatlanadi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar