Ijtimoiy tarmoqlarda "Qibray tuman hokimligi va tuman gaz tomonidan aholi vakillariga uylarini buzish bo`yicha xat bermoqda" sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Qibray tuman Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi bu bo`yicha quyidagilarni ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Qibray tuman hokimligi Mahalla va oilani qo`llab quvvatlash bo`limi mas`ullari va Qibray tuman gaz korxonasi vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilib, tumandagi barcha mahalla raislari hamda tegishli tashkilot vakillari bilan suhbatlar o`tkazilgan.
Xususan o`rganish jarayonida haqiqatan Qibray tuman gaz korxonasi tomonidan tumandagi yuqori va o`rta bosimli gaz quvurlarining muhofaza zonasiga yaqin hududida aholi tomonidan qurib olingan turar va noturar joy binolari aniqlangan bo`lib, fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, ushbu qurilmalarni xavfsiz hududga ko`chirish bo`yicha ushbu xonadon egalari bilan bir necha bor tushuntirish ishlari olib borilib, ularga ogohlantirish xatlari berilgan.
"O`rganish davomida ushbu xonadonlarni buzish bo`yicha Qibray tuman hokimligi va tumangaz tomonidan turli ta`ziyq va bosimlar bo`lganligi o`z tasdig`ini topmadi",-deyiladi xabarda.






