Italiya A Seriyasining 21-turidan o`rin olgan "Roma" va "Yuventus" uchrashuvi gollarga boy tarzda kechdi.
"Roma" uchrashuvni tezkor gol bilan boshladi, ya`ni, 11-daqiqada mezbonlar hujumchisi Temmi Abraham hisobni ochdi. Oradan ko`p vaqt o`tmay, 18-daqiqada Paulo Dibala muvozanatni tikladi.
Keyinchalik rimliklar yana ikki marotaba "Yuventus" darvozasini ishg`ol qildi. 3:1hisobida borayotgan "Roma" kutilmaganda o`z darvozasidan uch marotaba to`p olib chiqdi. Yakunda "Yuventus" 4:3 hisobida g`alaba qozondi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.