Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tmoqda
Majlisda “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o`qishda ko`rib chiqilmoqda.
Ikkinchi o`qishda ko`rib chiqilayotgan qonun loyihasida nogironligi bolalikdan bo`lgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qo`shib hisoblash, bolani parvarishlash vaqtining hammasini jamlanganda ko`pi bilan 6 yillik davrni ish stajiga qo`shib hisoblash belgilanmoqda.






