AsosiyJamiyat

Nurafshondagi qarovsiz itlar haqida tarqalgan xabarga oydinlik kiritildi

'Nurafshondagi qarovsiz itlar haqida tarqalgan xabarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar hududida daydi itlar Obodonlashtirish bo`limi xodimlari tomonidan tutilganligi aks etgan fotolavha keng muhokamaga sabab bo`ldi.

Holat Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan o`rganilgan. Bu haqda boshqarmaning axborot xizmati xabar beradi.


 

img20220112183425416.jpg


Ma`lum bo`lishicha, Nurafshon shahar Obodonlashtirish bo`limi xodimlari tomonidan qarovsiz itlar boshqarmaga qarashli qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish joyida saqlab turilgan.

Shuningdek, o`rganish davomida mazkur itlar zotidan qat`iy nazar, 5 kun mobaynida saqlanishi va it egasi belgilangan tartibda murojaat qilganidan so`ng egasiga qaytarilishi, egalari aniqlanmagan hayvonlar qarovsiz yurgan hayvonlarni himoya qilish jamiyati Ohangaron filialiga topshirilgani aniqlangan.

“Qarovsiz hamda egasiz hayvonlarni nazorat qilish Davlat ekologiya qo`mitasining hududiy bo`linmalari vakolat doirasiga kirmasligini ma`lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar