Joriy yilning 6 yanvar kuni soat 18:00 larda 39 yoshli xitoylik S.W. Mirzo Ulug`bek tumani Mirzo Ulug`bek ko`chasida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanining birida shu erda oila a`zolari bilan ovqatlanib o`tirgan 36 yoshli K.D. bilan o`zaro tortishib qoladi. Uni bosh qismiga mushti bilan bir zarba berib, tan jarohati etkazadi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti bergan xabarga ko`ra, sud tibbiy ekspertiza xulosasida K.D.,da engil turdagi tan jarohatlari mavjudligi ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan S.W.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.
Tergov jarayonida aniqlanishicha, S.W. hamda K.D.,lar navbat talashib kelisholmay qolishgan. S.W. fuqaro K.D.,ni ingliz tilida haqorat qilgan va uni urib, tan jarohati etkazgan.
Ma`lum qilinishicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanadi.
Hozirda tergov davom etmoqda.