AsosiyJinoyat

Andijonda MIB xodimi kaltaklanib, pichoq bilan tan jarohati etkazildi

'Andijonda MIB xodimi kaltaklanib, pichoq bilan tan jarohati etkazildi'ning rasmi

Asaka tumanida noqonuniy savdo do`konini buzish uchun kelgan MIB xodimi kaltaklanib, pichoq bilan tan jarohati etkazildi.

Bu haqda MIB Axborot xizmatining Kun.uz'ga ma`lum qilgan.  FIB Asaka tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko`ra, Asaka tumani, Najmiddin Kubro ko`chasida joylashgan avtoshohbekatning yo`lovchilar uchun mo`ljallangan kutish hududida qarzdor A.Jumaev tomonidan o`zboshimchalik bilan qurib olingan savdo do`koni qurilmasi uning hisobidan majburiy tartibda buzdirilishi belgilangan.

Mazkur sud qarori ijrosi bo`yicha Byuroning Asaka tuman bo`limi davlat ijrochisi X.Mehmonov tomonidan ijro ishi yuritish qo`zg`atilib, sud hujjati talabini bajarish haqida qarzdor bir necha bor ogohlantirilgan va o`tkazilgan majburiy ijro harakatlarida A.Jumaev ishtirok etmaganligi sababli boshqa kunga qoldirilgan.

Sud qarori ijrosini ixtiyoriy bajarmaganligi sababli A.Jumaevga nisbatan O`zR MJtKning 198-1-moddasiga asosan 540 ming so`m jarima jazosi tayinlangan.

11 yanvar kuni noqonuniy qurilmani buzish uchun vakolatli idoralar vakillari ishtirokida majburiy ijro harakatlari o`tkazish davomida qarzdorning o`g`li S.Jumaev do`konda bo`lgan oshxona pichog`i bilan taraflarni qo`rqitib, davlat ijrochisi X.Mehmonovga tan jarohati etkazgan. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirda mazkur hodisa bo`yicha Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar