YHXBB yo`llardagi tekshiruv o`tkazdi. Tekshiruvlar davomida:
- 2022 yil 12 yanvar kuni soat 18:30 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Pulatov va M.Sharipovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan "Lacetti" rusumli avtomobil to`xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganida, salonidan "Kent" nomli sigareta qutisi ichiga solingan 2 dona jigar rangli, o`tkir hidli, saqichsimon moddalar topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi, 1995 yilda tug`ilgan O.Q. va aniqlangan moddalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.
- 2022 yil 12 yanvar kuni soat 23:40 larda Mirzo Ulug`bek tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari N.Abdullaev va S.Axmedovlar tomonidan, A.Qodiriy ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelayotgan "Lacetti" rusumli avtomobil to`xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganida, salonidan tegishli hujjatlari bo`lmagan pnevmatik qurol hamda 8 dona ”Tropikamid” va 42 dona “Regapen” nomli psixotrop dori vositalari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi, 1993 yilda tug`ilgan M.T. hamda anilangan qurol va dori vositalar M.Ulug`bek tumani IIO FMBga topshirilgan.
- 2022 yil 13 yanvar kuni soat 00:20 larda, Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari F.Saidaxmedov va N.Todjiboevlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan "Spark" rusumli avtomobil to`xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganida, yo`lovchisi, 1998 yilda tug`ilgan A.R.ning yonidan qog`ozga o`ralgan, yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan o`simlik moddasi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.R. va aniqlangan modda Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.
Tekshiruvlar davom etmoqda.