AsosiyDunyo

Kanadada emlanmagan fuqarolarga soliq solinishi mumkin

'Kanadada emlanmagan fuqarolarga soliq solinishi mumkin'ning rasmi

Kanada hukumati mamlakatda koronavirus bilan bog`liq vaziyat keskinlashayotganidan havotirda. Bunga qarshi chora sifatida aholini emlashga chaqirmoqda

Hukumat emlanmagan aholiga soliqqa tortishni rejalashtirmoqda. Bu taklifga birinchilardan bo`lib Kvebek provinsiyasi Bosh vaziri Fransua Lego o`z munosabatinni bildirdi. 

"Sog`liqni saqlash badali" deb ataladigan ushbu soliqni emlashdan bosh tortganlar to`lashi kerak", - dedi Lego o`z chiqishida. Uning so`zlariga ko`ra, shifoxonlarning to`lib ketishiga emlanishdan bosh tortayotgan aholi sababchi. 

8 million aholiga ega bo`lgan provinsiyada hozirda 2877 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 263 nafar og`ir ahvolda ekani aytildi. Katta yoshdagi aholining atigi 10 foizi emlagani qo`shimcha qilindi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar