AsosiyJamiyat

Ertaga kunning birinchi yarmida magnit bo`ronining faol ta`siri kuzatiladi

'Ertaga kunning birinchi yarmida magnit bo`ronining faol ta`siri kuzatiladi'ning rasmi

15 yanvar hamda 16 yanvar kunduzi Toshkentda G3 darajaga ega 4 ballik magnit bo`ronlari kuzatiladi. Buni ob-havo o`zgarishlariga ta`sirchan, qon-bosim, nerv-asab kasalliklarga ega kishilar yaqqol sezadi. Bu haqda Uzb_Meteo kanalida xabar qilinmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, bugun 15 yanvar tushga yaqin magnit bo`roni o`zining kun davomidagi 4 ballik yuqori qiymatini ko`rsatdi, hozir passivroq holatga qaytmoqda.

Ertaga, 16 yanvar kuni magnit bo`roning G3 darajadagi yuqori faolligi nonushta paytiga kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish rasionlariga baliq va ko`kat mahsulotlarini kiritish, iste`mol qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo`ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomonida kuchsiz og`rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko`proq o`tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig`ida yuqoridagi omilni o`zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo`riqish tavsiya etilmaydi.  

Qiziq tomoni, dam olish kunlari respublika aholisi magnit bo`ronlari xavflilik darajasi bilan bir qatorda boshqa ob-havo omili siklon ta`sirini ham sezishadi.

    Boshqa yangiliklar