Oliy liganing 9-turidan o`rin olgan “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvidan so`ng mehmon jamoa ustozi Grigoriy Kolosovskiy jarimaga tortildi. Kolosovskiy hakamlarni, xususan Ravshan Ermatovni OAVda keskin tanqid qilgani uchun PFL kodeksining 5-modda, 2-qism, 5.39 bandi hamda 5-modda, 2-qism, 5.57 bandiga muvofiq jarimaga tortildi va ogohlantirildi. Agar bu holat takrorlansa yanada jiddiy jazo tayinlanadi.
O`sha o`yinda qatnashgan va hakamlarni tanqid qilgan “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeev esa 5-modda, 2-qism, 5.37 bandiga hamda 5-modda, 2-qism, 5.57 bandiga muvofiq jarimaga tortildi va ogohlantirildi.
Agar bu holat yana takrorlansa PFL unga nisbatan yanada jiddiy jazo qo`llaydi.





