AsosiyDunyo

Afrikada favqulodda holat e`lon qilindi

'Afrikada favqulodda holat e`lon qilindi'ning rasmi

Afrika qit`asidagi Somalida qurg`oqchilik  tufayli millionlab insonlarning hayoti xavf ostida qolmoqda. Bu haqda Ria xabar berdi

Qayd etilishicha, hozirda yog`ingachilik mavsumi bo`lishiga qaramay, yog`ingarchilik kuzatilmayapti. Natijada, suv resurslari va yaylovlar qurib qolgan. Bu esa qishloq xo`jaligiga jiddiy zarar keltirmoqda. 

Qurg`oqchilik sababli Somalida 810 mingdan ziyod inson yordamga muhtoj. Bu son tez orada million kishiga etishi taxmin qilinmoqda. 

Somali vise-prezidenti Abdirxaman Abidlaxi Ismail tadbirkor, xorijiy hamkorlarni qurg`oqchilik vaqtida qiynalayotgan aholiga yordam berishga chaqirgan. 

"Men mamlakatda qurg`oqchilik tufayli favqulodda holatni e`lon qilaman. Mahalliy tadbirkorlardan ehtiyojmand aholiga yordam ko`rsatishda ko`maklashishga chaqiraman. Biz birgalikda harakat qilishimiz kerak. Shu orqali odamlarning hayotini saqlab qolishimiz, tirikchilikni tiklab olamiz", - dedi Ismail o`z chiqishida.

Boshqa yangiliklar