Mutaxassis "omicron"ni boshqa shtammlardan qanday farqlash mumkinligini aytdi

Salomatlik 16.01.2022, 13:43
Mutaxassis "omicron"ni boshqa shtammlardan qanday farqlash mumkinligini aytdi

Koronavirusning "omicron" shtammini boshqa ko`rinishlardan ko`krak qafasida og`riq bo`lmasligi bilan farqlash mumkin. Bu haqda rossiyalik iimunolog Vladimir Bolibok "Moskva 24"ga bergan intervyusidagi aytdi.


"Omicron" ham pnevmoniyaga sabab bo`lishi mumkin. Odamlar zararlanish katta bo`lganda kasallik qurboni bo`ladi. Ammo bu shtammda ko`krak qafasida og`riq kamdan-kam kuzatiladi", - deydi Bolibok. 

Uning so`zlariga ko`ra, tomoqning kuchli og`rishi, burun bitishi va quruq yo`tal ham "omicron" belgilaridir. Ko`pincha bu alomatlar yuqori harorat, holsizlik va bosh og`rig`i bilan birga kuzatiladi.

Hid bilmaslik koronavirusning barcha shtammlariga xos alomat, ammo "omicron" shammida u tuzalishga yaqin paydo bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1