AsosiyJamiyat

Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish orqali 14 turdagi monopoliyalar tugatiladi

'Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish orqali 14 turdagi monopoliyalar tugatiladi'ning rasmi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti eksperti Abdusattorjon ABDUMO`MINOV Yangi O`zbekistonning 2022–2026 yillarga mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi haqida fikr yuritdi.

– Loyihada mamlakatning barcha hududlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish, aholining doimiy daromadlarini shakllantirish hamda biznesga keng ko`lamli shart-sharoitlar yaratish belgilangan.

Tadbirkorlarning soliq yuklamasini qisqartirish maqsadida mol-mulk solig`ini 2 foizdan 1,5 foizga tushurish aytib o`tilgan. Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali 2026 yil yakuniga qadar xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga, importdagi ulushini 60 foizga etkazish hamda ishsizlik darajasini kamida ikki barobarga qisqartirish nazarda tutiladi.

Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga ko`ra, iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish mexanizmlarini takomillashtirish orqali 14 ta faoliyat turida monopoliyalar tugatiladi. Tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash tuzilmalari negizida tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar