AsosiyJamiyat

Chet tilini bilish darajasini baholash bo`yicha o`tkaziladigan imtihon kunlari belgilandi

'Chet tilini bilish darajasini baholash bo`yicha o`tkaziladigan imtihon kunlari belgilandi'ning rasmi

Chet tilini bilish darajasini baholash bo`yicha yanvar oyida bo`lib o`tadigan test sinovi sanalari belgilandi. Bu haqda DTM xabar berdi.

Unga ko`ra, test sinovining yozma qismi 20-yanvar kuni, gapirish ko`nikmasini baholash imtihonlari esa 21-22- va 24-yanvar  kunlari o`tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo`lib o`tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo`limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o`tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar