AsosiyJamiyat

UzAuto Motors avtomobillarni magnitolasiz etkazib berishni boshlaydi

'UzAuto Motors avtomobillarni magnitolasiz etkazib berishni boshlaydi'ning rasmi

2021 yilning so`nggi kunlarida "UzAuto Motors" qator ommabop mashinalar uchun shartnoma tuzishni to`xtatgani haqida xabar bergan edik. 

Kompaniya axborot  xizmatining ma`lum qilishicha, 19 yanvar kunidan avval tuzilgan shartnomalar bo`yicha Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari “Humax” kompaniyasi tomonidan komponentlarni etkazib berishdagi uzilishlar sababli, mijozlarga magnitolasiz etkazib beriladi.

Ma`lum qilinishicha, yarimo`tkazgichlarning global etishmovchiligi butun jahon avtomobil sanoatiga o`z ta`sirini o`tkazdi. Va, afsuski, bu o`zbek ishlab chiqaruvchilarining ishiga ham ta`sir qilmay qolmadi. Sababi shundaki, mikrochiplarning tanqisligi “UzAuto Motors” kompaniyasi uchun yagona bo`lgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi “Humax” korxonasini ham chetlab o`tmadi. Koreya ishlab chiqaruvchisi avtomagnitolani etkazib berishni noma`lum muddatga to`xtatganligi haqida rasmiy xat bilan murojaat qildi.  

Mikrosxemalar etishmovchiligi “UzAuto Motors” kompaniyasi uchun yagona bo`lgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola ishlab chiqaruvchi “Humax” korxonasini ham chetlab o`tmadi. Koreya ishlab chiqaruvchisi avtomagnitolani etkazib berishni noma`lum muddatga to`xtatdi.  

“COVID-19 sababli yarimo`tkazgichlarga talab keskin ortdi. Bu esa, o`z navbatida, hozirgi integral mikrosxemalarning etishmovchiligiga olib keldi. … UzAuto Motors talabini bajarish uchun biz imkon qadar hamma narsani qilyapmiz. Biroq biz bu global vaziyatni, muammoni o`zimiz hal qila olmaymiz. Integral mikrosxemalar tanqisligi natijasida yuzaga kelgan inqirozning zararini minimallashtirish uchun Humax Automotive kompaniyasining barcha xodimlari ushbu vaziyatni yaxshilash hamda xabardorlikni oshirish uchun kundalik ishlarga jalb qilingan. Biz barcha mavjud vositalar va resurslardan echim izlayapmiz”,– deya xabar beradi Humax Automotive .

"UzAuto Motors" kompaniyasi avtomobillarni etkazib berish muddatining uzayishi, konveerlarning to`xtab qolishi hamda ishchi o`rinlarning qisqarishini oldini olish uchun boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan bunday sharoitlarda amalda qo`llanilgan yagona to`g`ri qarorni qabul qildi – avtomobillarni magnitolasiz ishlab chiqarish.   

Xaridorning roziligi bilan amalga oshiriluvchi ushbu majburiy choraning qo`llanilishi yuzlab iste`molchilarga uzoq kutilgan avtomobillarni yaqin orada etkazilishini ta`minlaydi.  

Ushbu vaziyatdan chiqish uchun magnitolasiz avtomobil xaridorlariga ikkita variant taklif etiladi:

– Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola qurilmasi hamda uning o`rnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada o`z avtomobilini magnitolasiz olish.    Xohishingizga ko`ra, bozordan o`zingizga yoqqan xohlagan turdagi avtomagnitolani UzAuto Motors rasmiy dilerlarida o`rnatish bilan avtomobilga berilgan kafolatni yo`qotmaysiz.

– Avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish. Ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola etkazib berilgandan so`ng, avtomobilni qayta jihozlash.

"Kompaniya xaridorlardan uzr so`raydi. Sizni ishontirib aytadiki, yuzaga kelgan noqulaylikni minimallashtirish va har qanday vaziyatda murosa qilish uchun imkon qadar barcha ishlarni qiladi",–deyilad rasmiy xabara.

    Boshqa yangiliklar