"Manchester Yunayted" jamoasi sardori Ueyn Runi "Bornmut"ga qarshi (3:1) APL so`nggi turida mankunianlarning gollaridan biriga mualliflik qildi.
Uning 43-daqiqada kiritgan goli "Old Trafford"dagi 100-si bo`ldi.
Runi APL yaratilganidan buyon "Old Trafford" stadionida eng ko`p gol kiritgan futbolchi bo`ldi. 1992 yildan buyon "MYu" maydonida 1005 ta gol kiritilgan bo`lsa, shulardan 100 tasi Runiga tegishli.
Shuningdek, Runi "Bornmut"ga kiritgan goli orqali Premer-liga jamoalari darvozasini ishg`ol qilgan klublar sonini 35 taga etkazib oldi.





