Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel BMT tashkilotining global jamoat mollari bo`yicha yuqori darajadagi maslahat organiga raislik qilish bo`yicha taklif olgan edi. Biroq Merkel tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrishning taklifiga rad javobi bergan. Bu haqda DPA agentligi xabar tarqatmoqda.
Manbada aytilishicha, sobiq kansler BMT bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot qilgan va taklif uchun minnatdorchilik bildirib, uni qabul qila olmasligini ta`kidlagan.
Avvalroq Angela Merkel siyosatdan ketganidan keyin nafaqaga chiqish rejasini hali o`ylab ko`rmaganini aytgan edi.