Italiya kubogining 1/8 final uchrashuvlari o`z nihoyasiga etdi.
"Roma" o`z maydonida "B" seriya vakili "Lechche" klubini qabul qildi. Uchrashuv 3:1 hisobida Joze Mourino jamoasining g`alabasi bilan yakun topdi.
E`tiborlisi shundaki, uchrashuvda hamyurtimiz Eldor Shomurodov gol urishga muvaffaq bo`ldi. U 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 81-daqiqada raqib darvozasini ishg`ol qildi.
Shu tariqa, "Roma" keyingi bosqichga yo`llanma oldi.
Italiya kubogi
"Roma" - "Lechche" - 3:1
Gollar: Kumbulla (40), Abraham (54), Shomurodov (81) - Kalabrezi (14)






