AsosiyJinoyat

Buxoroda Davlat kadastrlari palatasi va hokimlik xodimlari birgalikda 50 gektar erni sotayotganda ushlandi

'Buxoroda Davlat kadastrlari palatasi va hokimlik xodimlari birgalikda 50 gektar erni sotayotganda ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Davlat kadastrlari palatasining Kogon tumani filiali muhandisi F.X. va tuman hokimligi bosh mutaxassisi S.R.lar fuqaro A.ning ishonchiga kirib pora berishga dalolat qilib, unga zaxiradagi er maydonidan 50 gektarini ajratib berish evaziga 600 AQSh dollari va 1,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) jinoyat ishi qo`zg`atilib, prokuraturaga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar