Ijtimoiy tarmoqda "Lacetti" rusumli, avtomobil haydovchisi transport vositalarining oqimiga qarama-qarshi tarzda harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo`ldi.
Video yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv olib borildi.
Qoidalarni qo`pol tarzda chetlab o`tgan "Lacetti" rusumli, 30M114HA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi K.R.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 128⁵-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.






