Bugun Toshkent vaqti bilan tonggi 04:00 da Kolbumbiyada o`tkaziladigan futzal bo`yicha jahon chempionati (10 sentyabr – 1 oktyabr) bellashuvlariga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Unga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi musobaqaning "A" guruhidan joy oldi. Tabiiyki, "A" guruhida birinchi raqamli raqib bu mezbon terma jamoa – Kolumbiya bo`ladi. Shuningdek, guruhdan Panama hamda Portugaliya terma jamoalari ham o`rin egallagan.
Quyida terma jamoamizning o`yinlar taqvimi bilan tanishasiz:
1-tur. 10.09.2016
O`zbekiston – Panama (Kali)
2-tur. 13.09.2016
Kolumbiya – O`zbekiston (Kali)
3-tur. 16.09.2016
Portugaliya – O`zbekiston (Medelin)
"A" guruhi: Kolumbiya, Portugaliya, O`zbekiston, Panama
"B" guruhi: Tailand, Rossiya, Kuba, Misr
"C" guruhi: Paragvay, Italiya, Vetnam, Gvatemala
"D" guruhi: Ukraina, Braziliya, Mozambik, Avstraliya
"E" guruhi: Argentina, Qozog`iston, Salomon Orollari, Kosta-Rika
"F" guruhi: Eron, Ispaniya, Marokash, Ozarbayjon
Jamoalar 6 guruhda g`oliblik uchun kurashga kirishishadi. Har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o`rin egalari, shuningdek eng yaxshi natija qayd etgan 4ta uchinchi o`rin sohiblari nimchorak finalga yo`l oladi.





