Qarshining "Nasaf" jamoasi bosh murabbiy Ro`ziqul Berdiev bilan hamkorlikni davom ettirishini ma`lum qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Ro`ziqul Berdiev "Nasaf" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Unga ko`ra, Berdiev 2023 yilning oxiriga qadar mo`jallangan shartnomaga imzo chekdi.
"Nasaf" Ro`ziqul Berdiev qo`l ostida O`zbekiston chempionatining to`rt marta bronza medallarini, ikki marta kumush, ikki marta O`zbekiston kubogi va bir marotaba O`zbekiston Superkubogini qo`lga kiritgan.