25 yanvar kuni soat 11.20da Energetika vazirligi tomonidan Markaziy Osiyo elektr ta`minoti tizimida 25 yanvar kuni soat 10.57 da avariya sodir bo`lishi natijasida atrof hududlarida elektr energiya ta`minotida o`chishlar yuzaga kelganligi haqida dastlabki ma`lumot e`lon qilindi. Bu haqda “O`ztransgaz” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda yagona elektr tarmog`iga ulangan O`zbekiston elektr tarmog`iga bu avariyaning salbiy ta`siri natijasida respublika bo`ylab elektr ta`minotida uzilishlar ro`y berdi. Bu o`z navbatida, neft va gaz konlarini to`xtashiga olib keldi. Natijada magistral gaz quvurlariga tabiiy gaz uzatish to`xtab qolgani ma`lum qilindi. Bir vaqtning o`zida "O`ztransgaz" AJ tizimidagi Kompressor stansiyalarining agregatlari faoliyati to`xtatildi. Jumladan 25 yanvar kuni;
11.06da G`allaorol KSdagi 12 ta gaz haydash agregati(GHA),
11.08 da Yangier KSda 10 ta GHA,
11.09 da Ohangaron KSda 1 ta GHA,
11.10 da Zirabuloq KSda 13 ta GHA,
11.10 da Gazli KSda 10 ta GHA,
11.18 da Muborak KSda 5 ta GHA ish faoliyatini to`xtatdi.
Yuzaga kelgan favqulotda holatni tezkor ravishda bartaraf qilish maqsadida "O`ztransgaz" AJda Respublika shtabi nazoratida bo`lgan favqulotda guruh tashkil qilindi va avariya-ta`mir brigadalari safarbar etildi. Respublika shtabi bilan koordinasiya qilgan holda, birinchi navbatda issiqlik elektr stansiyalarini ishga imkon qadar tez tushirishda amaliy yordam berish va gaz transport tizimini faoliyatini tiklash-guruhning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Natijada, 25-26 yanvar kunlari avariya holatida to`xtab qolgan 6 ta kompressor stansiyasidan 5 tasi to`liq bo`lmagan holatda ishga tushirildi.
Jumladan 25 yanvar kuni;
kechki soat 22.30 da Gazli KSda 1 ta GHA,
26 yanvar kuni soat;
02.37 da Kogon KSda 3 ta GHA,
04.30 va 05.30 da Gazli KSda 4 ta GHA,
06.15 da Zirabuloq KSda 2 ta GHA,
06.38 da Gazlida 1 ta GHA,
08.55 da G`allaorol KSda 4 ta GHA,
09.35 da Muborak KSda 1 ta GHA,
09.40 da Zirabuloq KSda 1 ta GHA,
10.30 da Muborak KSda 1 ta GHA,
10.40 da G`allaorol KSda 2 ta GHA,
14.40 da Yangier KSda 2 ta GHA,
15.23 da Zirabuloq KSda 2 ta GHA,
15.50 da Yangier KSda 2 ta GHA ishga tushirildi.
Joriy yil 26 yanvar soat 18.00da magistral gaz quvurlari tarmog`iga uzatilayotgan tabiiy gaz miqdori soatiga 4 839 ming kub metrni tashkil etdi.
Jumladan, gaz qazib oluvchi tashkilotlardan soatiga 3 261 ming kub metr, (25 yanvar soat 10.00 da 5 490 ming kub metr gaz olingan )
tabiiy gaz importi soatiga – 710 ming kub metr (25 yanvar 10.00ga ko`ra, 620 ming kub metr)
gazni er ostida saqlash inshootlaridan soatiga – 868 ming kub metr( 25 yanvar 10.00 holatiga ko`ra 870 ming kub metr) tabiiy gaz olish yo`lga qo`yildi.
26 yanvar soat 18.00 holatiga;
Muborak KSda 5 ta,
Kogon KSda 3 ta,
Zirabuloq KSda 8 ta,
G`allaorol KSda 8ta,
Gazli KSda 7 ta GHA,
Yangier KSda 5 ta GHA (1 ta GHA ishga tushirilmoqda) ishlab turibdi.
"Mutaxassislar taqdim etgan hisobotlariga ko`ra, gaz qazib chiqaruvchi korxonalarining elektrostansiyalarni zarur darajadagi gaz hajmi bilan ta`minlashi va gaz quvurlari tizimi orqali zarur ish bosimini tiklash ishlarini amalga oshirish uchun kamida 2 kun talab etiladi. Hozirda joylarda kompressor stansiyalarini to`liq ishga tushirish bo`yicha ishlar davom etmoqda.
"O`ztransgaz" AJ Axborot xizmati qo`shimcha ma`lumotlar berib boradi", - deyiladi xabarda.






