Afrikaning janubi-sharqida “Ana” tropik bo`roni 37 kishining hayotiga zomin bo`ldi. Bu haqda African News agentligi xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, 22-yanvar kuni bo`ron Madagaskarni qamrab olgan. Uning oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko`chkilar 34 kishi halok bo`ldi. To`fon oqibatida esa 65 ming kishining uylariga zarar etdi.
Tropik bo`ron 24-yanvar, Mozambikning markaziy hududlariga etib keldi. Tabiiy ofat oqibatida ikki kishi halok bo`lgan, 66 kishi yaralangan va 115 ta uy butunlay vayron bo`lgan. Shuningdek, 546 tasi qisman zarar ko`rgan. Malavida bo`ron oqibatida suv toshqinlari yuzaga keldi va mamlakatning katta qismi elektr energiyasidan mahrum bo`ldi, bir kishi halok bo`ldi va 30 kishi jarohat oldi.Odamlar cherkov va maktablarda toshqindan boshpana izlamoqda.