AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev elektr energiyasi quvvatini oshirish bo`yicha qaror loyihasini tayyorlashga ko`rsatma berdi

'Shavkat Mirziyoev elektr energiyasi quvvatini oshirish bo`yicha qaror loyihasini tayyorlashga ko`rsatma berdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 30 yanvar kuni yoshlar, sport, sog`liqni saqlash, elektr energiyasi sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, taqdimotda elektr energiyasi quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari ham muhokama qilingan.

Xabaringiz bor, shu yil 25 yanvar kuni O`zbekiston elektr ta`minotida texnik uzilish sodir bo`ldi. Bu barcha elektr stansiyalarga ta`sir qilib, favqulodda vaziyat yuzaga keldi.

Qayd etilishicha, bunga bir qancha sabablar bor.

Jumladan, yagona energetika tizimi 220-500 kilovoltli magistral elektr tarmoqlar orqali to`liq halqalashtirilmagan. Shimoli-G`arbiy va Janubi-G`arbiy energouzelning asosiy qismida 500 kilovoltli tarmoqlar yo`q. Ba`zi magistral tarmoqlar qo`shni davlatlar hududi orqali o`tgan.

Shu bois, O`zbekistonda 500-750 kilovoltli tarmoqlarni qurish orqali yagona halqa tizimini hosil qilish rejalashtirilayotgani aytilmoqda. Xususan, 2026 yilga borib, jami generasiya quvvatlarini 27 ming 400 megavattga, yillik ishlab chiqarish hajmini 110 milliard kilovatt soatga etkazish mo`ljallangani xabar qilindi.

Shunda O`zbekistonning barcha hududlari 500-750 kilovoltli tarmoqlar orqali mustahkam bog`lanadi va bir butun tizim yaratilishi ta`kidlanadi.

Prezident elektr energiyasi tizimini isloh qilish, qo`shni davlatlar bilan sohadagi hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirish zarurligini qayd etgan.

Elektr energiyasi quvvatlarini oshirish hamda uni etkazib berishni avtomatlashtirish bo`yicha qaror loyihasini tayyorlashga ko`rsatma berilgan.

    Boshqa yangiliklar