AsosiyJamiyat

Endi ayrim fuqarolar xususiy klinikalarda ham bepul davolanishi mumkin

'Endi ayrim fuqarolar xususiy klinikalarda ham bepul davolanishi mumkin'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, “2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. O`zbekistonning kelgusi 5 yil taqdiri aks etgan hujjatda qator tashabbuslar aks etgan. 

Unga ko`ra, Sog`liqni saqlash sohasida ham aholi uchun bir qancha engilliklar yaratilmoqda. 

Masalan:

  • 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi;
  • xususiy tibbiyot tashkilotlarida Davlat byudjeti hisobidan imtiyozli toifagadagi shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko`rsatish mexanizmi joriy qilinadi.
  • 2022 yil 1 iyuldan “oilaviy shifokor” yo`nalishi bo`yicha mustaqil faoliyat amalga oshirishga ruxsat beriladi.

    Boshqa yangiliklar