AsosiyJamiyat

Jurnalistlarga tazyiq qilgan amaldorlarga jazo kuchaytiriladi

'Jurnalistlarga tazyiq qilgan amaldorlarga jazo kuchaytiriladi'ning rasmi

Ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish bo`yicha hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Davlat dasturiga ko`ra, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi 2022 yil aprelgacha ushbu loyihani muhokamaga qo`yishi kerak. Bunda fuqarolarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning samaradorligini o`rganishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, OAV faoliyatiga noqonuniy aralashganlik va to`sqinlik qilganlik, shu jumladan, mansabdor shaxslar tomonidan senzura o`rnatish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o`tkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan g`ayriqonuniy ravishda olib qo`yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlik yanada kuchaytiriladi.

Ma`lumot uchun: 2021 yil noyabrda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O`sarov Toshkentdagi Milliy matbuot markazida jurnalistlarning faoliyatiga to`sqinlik qilish va unga bosim o`tkazganlik uchun javobgarlik belgilanishini aytgan va bu qonun loyihasi 2021 yil oxirigacha qabul qilinishi kutilayotgandi.

    Boshqa yangiliklar