Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdan tashqari qirq to`rtinchi sessiyasi o`tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov ishtirok etdi. Unda tumanning barcha sohalardagi ko`rsatkichlari yaxshi emasligi, aholiga qulay sharoitlar yaratish borasida etarli darajada ish olib borilmayotganligi hamda kelgusida bajarilishi lozim bo`lgan ishlar haqida so`z yuritildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Yusupov Ilhom Elmurodovich tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi. Denov tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Pardaev Rustam Ubodullaevich Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlandi.
R.Pardaev 1979 yil 7 aprelda Qiziriq tumanida tug`ilgan. 2006 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi iqtisodchi.
Mehnat faoliyati davomida AT “Mikrokreditbank” Jarqo`rg`on filiali boshqaruvchisi va viloyat filiali, viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi, investisiyalar bosh boshqarmasi, investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig`i, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari, 2020 yildan to shu kungacha Denov tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov ishtirok etdi va so`zga chiqdi.
Ma`lumot uchun, I.Yusupov 2020 yilning 11 iyul kunidan Qiziriq tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.






