YHXBB holat bo`yicha ma`lumot berdi.
Andijon viloyati IIB YHXB Ro`yxatlash va imtihon olish bo`limida xizmat ko`rsatib kelgan “Xalq banki” kassa shaxobchalari vaqtincha yopilganligi sababli fuqarolarga avtomototransport vositasini davlat ro`yxatidan o`tkazishdagi to`lovlarni amalga oshirishda noqulayliklar yuzaga kelgan.
Ushbu noqulayliklarni bartaraf qilishda “O`zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati xizmatidan foydalanilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko`rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4921-son qaroriga asosan, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida to`lovlarni qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimini yanada mukammallashtirish maqsadida “Avval” to`lovlar va pul o`tkazmalari kompleks axborot tizimi ishlab chiqilgan.
Ushbu tizim orqali fuqarolarga xizmat ko`rsatish maqsadida “O`zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati “Aloqa bank” bilan shartnoma qilgan holda to`lovlardan ustama haqi sifatida olingan mablag`lar ustiga 2 foiz xizmat uchun to`lov undirilishi belgilangan. Ushbu belgilangan ustama haqini qabul qilish bo`yicha “O`zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining 111-son buyrug`i tasdiqlangan.






