AsosiyJamiyat

Prezident farmoni bilan 63 nafar fuqaro afv etildi

'Prezident farmoni bilan 63 nafar fuqaro afv etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tayotgan, qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan bir guruh shaxslarni afv etish to`g`risida”gi Farmonni imzoladi. Bu haqda UzA xabar qildi. 

Farmonga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay  jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda  qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan, jazo muddatini o`tayotgan 63 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 44 nafari jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi. Shuningdek, 19 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 2 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar tashkil etadi. 

    Boshqa yangiliklar