Navoiy viloyatining Nurota tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda ma`lum qilinishicha, tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan U.Xalilovni boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.
Tuman hokimi lavozimiga Fayziev Azamat Ismatovichni tayinlandi.
Ma`lumot o`rnida, A. Fayziev bugungi kunga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan ishlash sho``basi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.






