AsosiyJamiyat

Toshkent metrosida bekat navbatchisi va farroshi ish joyiga mast holatda keldi

'Toshkent metrosida bekat navbatchisi va farroshi ish joyiga mast holatda keldi'ning rasmi

30 yanvar kuni Toshkent metropolitenining Sergeli 1 bekatida tunggi navbatchilikni qabul qilish vaqtida bekat navbatchisi M.M. va farrosh M.S. ish joyiga spirtli ichimlik iste`mol qilgan holda kelgan.

Vaziyatga aniqlik kiritilishicha bekat navbatchisi M.M hamda katta operator G.I. farrosh M.S.ning tug`ilgan kunini nishonlash maqsadida ish vaqtidan avval kafega borishgan va xodimlar M.M. va M.S. spirtli ichimlik iste`mol qilishgan. Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra bu hol o`z tasdig`ini topdi. 

Shuningdek, o`z hatti-harakati bilan mehnat intizomini qo`pol ravishda buzganliklari uchun Harakat xizmati 1- bekat navbatchisi M.M. va bekat farroshi M.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomalari O`z.R. MK ning 100-moddasi ikkinchi qismi 4-bandi hamda «Toshkent metropoliteni ichki mehnat tartibi qoidalari»ning 1-ilovasi 2-bandiga (ish joyida yoki ishga mast holda, giyohvandlik, psixotrop yoki zaxarvandlik vositalarini iste`mol qilib kelish, buni guvohlar ko`rsatmasi yoki tibbiy hulosa tasdiqlangan bo`lsa) asosan bekor qilindi.

Harakat xizmati 1- bekat katta operatori G.I. esa M.M. va M.S. spirtli ichimlik iste`mol qilib ish joyiga kelganligini, bu holat metropolitenda harakat xavfsizligiga rahna solishi va fojia bilan tugashi mumkinligini bila turib rahbariyatga ma`lum qilmagani uchun Toshkent metropolitenidan texnikaviy foydalanish qoidalarining 1-bob, 6-bandini (poezdlar harakat bilan bog`liq har bir xodim harakat xavfsizligi uchun o`z majburiyatlari doirasida shaxsan javobgardir) buzgani sababli unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasi birinchi qismi 1- bandiga asosan «hayfsan» intizomiy jazosi qo`llandi.

    Boshqa yangiliklar